Ru
En
Yangiliklar
Bog'lanish uchun
Katalog
Savdo uylarimiz
Ru
En
Bog'lanish uchun
Katalog

Kompaniyamiz haqida

Mobicom - Ulgurji do'konlar tarmog'i

17 yil
Kompaniyamiz chakana savdoda 7 yillik, ulgurji savdoda esa 18 yillik , jami 25 yillik tajribaga ega
10 000 mijozlar
Kompaniyamiz O'zbekiston bo'yicha 10 000 lab mijozlarga
sifatli xizmat ko'rsatib kelmoqda
5000 mahsulot
Kompaniyamizning 5000 xilga yaqin telefon va kompyuter aksessuarlari assortimenti mavjud
11 ta savdo uyi
Kompaniyamizning O'zbekiston bo'yicha 11 ta savdo uyi hamda savdo do'konlari mijozlarga xizmat ko'rsatib kelmoqda

Mobicom kompaniyasi tarixi

Ta'sischilarning dastlabki faoliyati 2000-yillarda Universam savdo majmuasida $400 dastmoya bilan aksessuarlar chakana do’konini ochishdan boshlangan.
2007 yil, Abu Saxiy savdo majmuasida “OSKAR” brendi ostida birinchi ulgurji do’konini ochib, tashkilotning import yo’nalishida savdo faoliyatiga asos solingan.

2012-yil Abu Saxiy bozorida “ELITE” do’koni ochilib, tashkilot yo’nalishlarini pozitsiyalashtirish uchun bozorda multibrend strategiyasini qo’llagan.
Multibrend strategiya o’zini oqlagach 2017-yil O’rikzor bozorida “ZARAMAX” do’koni ochilib 3-brendga ham asos solingan va keyinchalik 2021-yilda “ZARAMAX” brendi “MOBICOM” nomiga rebranding qilinib, kompaniyanig uchinchi va eng katta savdo uyi ochilgan.
2018-yilda “DIP IMPEKS” tashkilotining xududida savdo kompaniyasi “OSKAR” brendi ostida, O’zbekistondagi aksessuarlar ulgurji savdo kompaniyalari orasida birinchilardan bo’lib, maydoni 400 kv.m ga ega bo’lgan savdo uyini ochib bozorda yangi trend paydo qilgan. O’sha davrga qadar ulgurji savdo faqat an’anaviy bozor hududlaridagi do’konlarda amalga oshirilgan edi.
2020 -yil, Noyabr oyida Izza bozori atrofida 300 kv.m. maydonga ega “ELITE” savdo uyi ochilib faoliyat yuritib kelmoqda.
2021-yil, Avgust oyida O’zbekistonda maydoni jixatdan yagona bo’lgan, 600 kv.m. lik yangi brend ostida “MOBICOM” savdo uyi ochildi va shu kunga qadar faoliyat yuritib kelmoqda.


Mobicom kompaniyasi haqida


Kompaniyamiz Mobicom, Oskar va Elite brendlarini o'z tasaruffiga olgan, chakana savdoda 7 yillik, ulgurji savdoda esa 17 yillik , jami 24 yillik tajribaga ega kompaniyamizning 5000 xilga yaqin telefon va kompyuter aksessuarlari assortimenti mavjud boʻlib, respublikamizdagi 10 000 lab ulgurji tadbirkorlarga xizmat qilib kelmoqda.
Biz avtomobillar, kompyuterlar, mobil qurilmalar, shuningdek, uy va ofis mahsulotlari sohalarini qamrab oluvchi turli aksessuarlarni sotishga ixtisoslashganmiz. Bizning e'tiborimiz B2B segmentidagi korporativ mijozlarga qaratilgan va biz butun O'zbekiston bo'ylab mijozlarga samarali xizmat ko'rsatamiz.

Uzoq yillik tajriba davomida qadrdon mijozlarimizning talab va takliflarini inobatga olib, kompaniyamiz kelajagi uchun belgilab olingan yanada ustuvor maqsadlari:

- Birinchidan: Respublikadagi barcha mijozlarimizga yanada yaqinroq boʻlish.
- Ikkinchidan: Toshkent ulgurji narxida hamda assortimentida viloyatlarga sifatli mahsulotlarni yetkazib berish.
- Uchinchidan: Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida kompaniyamizning rasmiy savdo uylarini ochish.

Mintaqaviy mavjudligi: Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining 8 ta viloyatida jami 12 ta savdo uyi hamda savdo do'konlarimiz mavjud
BIZ BILAN BOG'LANING
+998 78 113 63 63
support@mobicomaccessories.com
Made on
Tilda